“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov g‘oliblarini samimiy tabrikladi.
Qayd etilganidek, ushbu tanlovda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 16 384 nafar direktor o‘rinbosari va tarbiyachilari qatnashdi. Nomzodlar tanlovning Respublika final bosqichida 3 ta shart bo‘yicha bellashdi. Xususan:
➖ maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan loyiha taqdimoti;
➖tegishli nominatsiya yuzasidan mashg‘ulot ishlanmasi;
➖metodika va maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha 20 tadan test savollarini bajarish sinovlarida qatnashdi.
Tanlov Hay’at a’zolari yakuniy xulosasiga ko‘ra:
“Eng yaxshi direktor o‘rinbosari” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Munojat Muminova;
2-o‘rin — Tumaris Tursinbayeva ;
3-o‘rin — Sabina Guzarova;
“Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Dilnoza Saidova;
2-o‘rin — Zebo Xidyoyeva;
3-o‘rin — Mavluda Kamalova;
“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Gulsina Dauletova;
2-o‘rin — Lionora Eshaliyeva ;
3-o‘rin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;
“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Vazira Shoimova;
2-o‘rin — Yulduz G‘aybullayeva;
3-o‘rin — Mohinur Egamberdiyeva;
“Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
2-o‘rin — Gulnoza Yalg‘asheva;
3-o‘rin — Dilnoza Shamatova;
“Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Nozimaxon Zikiryayeva;
2-o‘rin — Vazira Sayfullayeva;
3-o‘rin — Mohigul O‘roqboyevaga nasib ztdi.
Tadbirda tanlovning Respublika final bosqichi g‘oliblari belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan g‘oliblar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring