Yil yakuni boʻyicha respublikadagi 200 nafar namunali tajriba yaratgan mahalla raislari ragʻbatlantiriladi

17:24 18 Iyul 2022 Siyosat
768 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib yaxshi tajriba va tizim yaratgan tuman va mahallalar juda koʻp.

Xoʻjaobod, Moʻynoq, Hazorasp, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Nurota va Sariosiyo kabi oʻnlab tumanlarda ham yaratilgan ish oʻrinlari koʻrsatkichi qoniqarli.

Prezident Hazorasp tumani aholisiga bu islohot qanday imkoniyatlar yaratgani haqida “Shovot” mahallasi raisi Sora Rajabovaning fikrlarini soʻradi. Uning fikrlarini eshitib, barcha mahalla raislariga murojaat qildi.

“Har bir mahalladagi xonadon va koʻcha boʻylaridagi yer maydonlariga tajribali dehqonlarni jalb qilib, mahallangizda oziq-ovqat taʼminoti boʻyicha oʻz tajribangizni yaratsangiz, bilasizlarmi qanday katta oʻzgarish boʻladi!”, dedi Prezident.

Yil yakuni boʻyicha respublikadagi 200 nafar namunali tajriba yaratgan mahalla raislarini ragʻbatlantirishga topshiriq berildi.

Shu bilan birga, respublika boʻyicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. Chunki bu yerlar aholi yashaydigan joydan uzoq, suvi ogʻir, meliorativ holati yomon, lalmi va yaylov maydonlardan tanlangani uchun ularga dehqonlarda qiziqish yoʻq.

Bundan tashqari, 4 ming 300 gektar maydon egalariga kadastr berilmagan, yaʼni ularda hali egalik huquqi yoʻq.

Mutasaddilarga va viloyat hokimlariga tanlovda egasi aniqlanmagan yerlarni aholi uchun qulay maydonlarga almashtirish, yer egalariga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер