“Yil tanlovi – 2019”

16:03 10 Dekabr 2019 Jamiyat
1294 0

OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida joriy 2019-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari oʻrtasida tanlov eʼlon qilmoqda. Tanlov ijtimoiy soʻrov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar boʻyicha saralanadi.

 

Kimlar qatnasha oladi?

 

Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalq kundalik turmushida eng koʻp duch keladigan tizimlar saralab olindi.

 

1. Vazirliklar

 

2. Qoʻmita va agentliklar, jamoat tashkilotlari

 

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar

 

 

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?

 

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — OʻzAning telegram messenjeridagi rasmiy kanali @uza_uz da eʼlon qilingan roʻyxatda koʻrsatilgan tashkilotlarga ovoz beriladi.

 

Tanlov qanday oʻtadi?

 

1-bosqich: Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng koʻp ovoz toʻplagan tashkilotlar ikkinchi bosqichga oʻtadi.

 

2-bosqich: Gʻolib jurnalist va blogerlar oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnomaga asosan aniqlanadi. Bundan tashqari soʻrovnomaga kiritilmagan tizimlar ham jurnalist va blogerlar tomonidan alohida saralanib, tanlovning qoʻshimcha nominatsiyalariga tavsiya etiladi.

 

Natijalar qachon eʼlon qilinadi?

 

Gʻoliblar Yangi yil arafasida eng munosib 3 ta tizimdan, yaʼni 3 ta birinchi oʻrin, 3 ta ikkinchi oʻrin, 3 ta uchinchi oʻringa maxsus sertifikat, OʻzA ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

 

Taqdirlash marosimida gʻoliblik tashkilotlarning Matbuot xizmati vakillariga topshiriladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda OVOZ BERING!

OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер