Yil oshgan kartoshkani isteʼmol qilish sogʻliq uchun oʻta xavfli boʻlishi mumkin 

00:04 14 Aprel 2022 Dunyo
951 0

Foto: РИА «Новости»

Agar notoʻgʻri saqlangan boʻlsa yil oshgan hosilning ildizlarida yashil dogʻlar paydo boʻlishi mumkin. Bunday kartoshkadan foydalanish xavfli va zaharlanishga olib kelish ehtimoli yuqori. Bu fikrlarni qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Stanislav Malsev aytib oʻtdi.

Kartoshkani qorongʻi joyda saqlash kerak. Agar unga toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri tushsa, ildizda zaharli modda, solanin hosil boʻladi. Qalin qatlamda qobiqni kesib tashlasangiz ham, undan butunlay xolos boʻlish imkoni yoʻq.

“Ushbu modda issiq haroratda ham deyarli yoʻqolmaydi. Yaʼni, bir qismini kesib, keyin qaynoq suvda qaynatsa boʻladi, deb oʻylamaslik kerak. Bunda ham zaharli moddalar yoʻq boʻlmaydi”, deydi Malsev.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, agar ildizning kamida toʻrtdan bir qismi yashil rangga kirgan boʻlsa, unda bunday mahsulotni ishlatmagan yaxshiroq. Bu zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер