J-PAL Europe Oʻzbekistonni oyning eng yaxshi mamlakati deb eʼlon qildi
May oyida #J_PAL_Europe va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari birgalikda kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha ilk davlat dasturlarining samaradorligi hamda ularning aholi real daromadlari oʻsishini taʼminlashga va kambagʻallikni qisqartirishga potensial taʼsirini baholashdi.
Mutaxassislar tomonidan “Mahallabay” tizimi orqali tatbiq etiladigan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi va “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyati, shu jumladan tashqi migratsiya yoʻnalishi samaradorligini zamonaviy ilgʻor vositalar (metodologiya) bilan baholash masalalari koʻrib chiqilmoqda.
Davlat dasturlari samaradorligini baholashning bunday madaniyati Oʻzbekistonda ilk bor joriy etilmoqda, bu esa bir vaqtning oʻzida kambagʻallikning koʻplab jihatlarini hal etishga qaratilgan istiqboldagi dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda muhim qadam boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring