Ijtimoiy tarmoqlarni bloklash Oʻzbekistonga qanchaga tushgani ochiqlandi
Kapital.uz nashri Netblock xizmati yordamida 3-noyabr oqshomida Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni bloklash qanchaga tushganini maʼlum qildi.
3-noyabr kechki vaqtda Oʻzbekistonda Telegram, Instagram va YouTubeʻning ishlashi rasman cheklandi. Xizmatlar faqat ikki soat atrofida cheklangan edi. Shundan soʻng mamlakatdagi cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilindi, “Oʻzkomnazorat” rahbari notoʻgʻri va kelishilmagan harakatlari uchun ishdan boʻshatildi.
Netblock xizmati maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2 soatlik blokirovka hukumatga 259,1 ming dollarga tushgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring