Ijtimoiy tarmoqda Fransiya prezidentini haqorat qilgan ayol hibsga olindi

00:28 30 Mart 2023 Dunyo
1276 0

Foto: AP

Ijtimoiy tarmoqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni “axlat” deb atagan ayol hibsga olingan. Bu haqda “Voix du Nord” gazetasi xabar bermoqda.

“U “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida xabar joylashtirganidan keyin respublika prezidentini haqorat qilganlikda ayblanmoqda. Uning ishi 20-iyun kuni sudda koʻrib chiqiladi», deyiladi manbada.

Qayd etilishicha, 24-mart kuni politsiyaga Makronni haqorat qilgani haqida shikoyat kelib tushgan. Shundan soʻng uch nafar huquq-tartibot idorasi xodimi ayolni “davlat hokimiyati uchun masʼul shaxsga hurmatsizlik qilgani” uchun qamoqqa olgan. Endi uni bir yillik qamoq jazosi kutmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер