Ijtimoiy tadbirkorlik oʻzi nima?

19:25 05 Noyabr 2020 Jamiyat
1564 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida Prezidentimizning 2020-yil 2-martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 190-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan — “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ijtimoiy tadbirkorlik — bu yuridik shaxslar yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlarning muayyan ijtimoiy-ekologik muammolarni hal qilishga yoki ularning oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi.

Yigʻilishda qoʻmita aʼzolari taʼkidlaganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ish bilan taʼminlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga investitsiyalar kiritish, milliy bozorni yangi ijtimoiy xizmatlar va tovarlar bilan toʻldirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Qoʻmita aʼzolari ijtimoiy tadbirkorlik bilan bogʻliq munosabatlar bir qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Koreya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Xitoy kabi davlatlar qonunchiligida tartibga solinganligini eʼtirof etdilar. Janubiy Koreya davlatida ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash natijasida oʻn minglab kishilarning bandligi taʼminlangan.

Qoʻmita tomonidan mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisiga birinchi oʻqish muhokamasiga kiritish maʼqul deb topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер