Ijtimoiy koʻmakning muqobil koʻrinishi

11:13 26 Iyul 2024 Jamiyat
276 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Karmana tumanining Kumushkon mahallasida istiqomat qiluvchi Feruza Qoʻldoshevaning xonadonida endi elektr energiyasi taʼminotida deyarli uzilishlar boʻlmaydi. Boisi ikki farzandni voyaga yetkazayotgan yolgʻiz onaning hovlisiga tuman hokimligi tomonidan ikki kilovatt quvvatli quyosh panellari oʻrnatib berildi.

— Mazkur dastur asosida mahallamizda oʻndan ortiq ijtimoiy koʻmakka muhtoj xonadonlarga zamonaviy quyosh panellari oʻrnatib berildi, — deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi vazifasini bajaruvchi Jamoliddin Boyxonov. — Ular asosan boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlari hisoblanadi.

Taʼkidlash joiz, Kumushkon mahallasining tabiiy gaz taʼminotida ogʻir hududlardan sanalishini inobatga olsak, elektr energiyasi taʼminotidagi muqobil variant mazkur xonadonlarning undan belgilangan tariflar chegarasida foydalanishlarida muhim ahamiyatga ega. Bir soʻz bilan aytganda, ijtimoiy koʻmakning mazkur koʻrinishi ularga nihoyatda qulay.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер