Ijtimoiy himoya yoʻlidagi hamkorlik
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Muhiddin Togʻayev BMT Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio, YUNISEFning Oʻshdagi vakolatxonasi rahbari Eraj Kaniyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat boʻlimi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi masʼullari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan hamkorlik loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilishni qoʻllab-quvvatlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashilib, oʻzaro hamkorlikka kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring