Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan taʻminlash masalalari muhokama qilindi

13:22 01 Dekabr 2023 Jamiyat
226 0

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaz direktori Agzam Nartayev hamda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Savdo vakolatxonasi masʼullari Dmitriy Xaroxonov, Maksim Moskalev va Rossiyaning “Nanolek” kompaniyasi vakili Dmitriy Dvinin ishtorikida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan taʼminlashda “Nanolek” kompaniyasining kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan va shu turdagi dori vositalarini hamda kompaniya vaksinalarini sertifikatlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, “Nanolek” Rossiya biofarmatsevtika kompaniyasi 2011-yilda tashkil etilgan boʻlib, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllaniladigan import oʻrnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Rossiyada dori vositalari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanib, hozirgi kunda turli kasalliklarni davolashda qoʻllaniladigan 20 dan ortiq dori vositalari va vaksinalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.

Muloqot davomida Markaz direktori, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik munosabatlar rivojini eʼtirof etib, yurtimizda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash hukumat tomonidan belgilangan tartib asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilishi, shuningdek, vazirlikning buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkinligi haqida tushuntirish berdi.

Oʻz navbatida, Rossiya tomoni mazkur dori vositalarini yurtimizga import qilish boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga taklif kiritishini maʼlum qilib, mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasida amaliy yordam zarurligini taʼkidladi. 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev bu masalada oʻz vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер