Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham pul toʻlaydimi?

07:59 03 Iyul 2020 Jamiyat
3294 0

Kecha, 2-iyul kuni AOKA tashkil etilgan shtabda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Unda vazirlik matbuot kotibi hamyurtlarmiz tomonidan yangi oʻquv yili qabuli, ijodiy (kasbiy) imtihonlarni oʻtkazish tartibi va boshqa mavzulardagi savollariga javob berdi.

- Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham 111.500 soʻm miqdorida pul toʻlaydimi?

- Respublika oliy taʼlim muassasalarida ijodiy imtihonga kiradigan abituriyentlar 111.500 soʻm miqdoridagi pulni toʻlamaydilar. Bu faqat test topshiradigan abituriyentlar uchun.

- Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun imtihonlar oʻzlari yashab turgan hududda oʻtkaziladimi yoki hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasidami?

- Ijodiy imtihonlarni oʻtkazish vaqti (soati) va joyi OTM rektori tomonidan tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda belgilanadi. Oliy taʼlim muassasasi rasmiy saytini kuzatib borish lozim boʻladi.

Test sinovlari bilan bir qatorda oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni 2020-yilning 25-iyuligacha yakunlash, alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari kirish imtihonlarini 2020-yil 25-iyuldan 20-avgustgacha oʻtkazish belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер