Iyun oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar hajmi oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning iyun oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,9 % ga oshgan.
Yillik oʻsishda isteʼmol narxlari indeksining oʻsish darajasi 12,2 % ga yetdi.
2022-yilning iyun oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,1 foizga oshdi.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,9 % va aholiga pullik xizmatlar 0,8 foizga oshdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring