Iyul oyining ilk kunlari uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 1-3-iyul kunlari kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 2-3-iyulda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 va 3-iyulda 20-25 daraja, 2-iyulda 22-27 daraja, kunduzi 1-iyulda 36-41 daraja; 2-iyulda 32-37 daraja, baʼzi joylarda 41 daraja gacha, 3-iyulda 30-35 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 2-3-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 1-iyulda 34-39 daraja, 2-3-iyulda 36-41 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 1-iyulda 37-42 daraja, 2-3-iyulda 38-43° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 3-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 1-iyulda-32-37 daraja, 2-3-iyulda 36-41 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 1-iyulda 25-30 daraja, 2-3-iyulda 27-32 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring