ITB barqarorlik boʻyicha yangi indeksni ishga tushirdi
1-sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki (IsDB) AAA reytingi boʻyicha siyosatchilarga iqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratishga yordam berish maqsadida yangi Barqarorlik indeksini ishga tushirdi.
Shu kunlarda ITB yillik yigʻilishining navbatdan tashqari sessiyasi Toshkentda boʻlib oʻtmoqda.
Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser COVID-19 pandemiyasi oqibatida ushbu indeksning yaratilishiga turtki boʻlgan asosiy sabablarni aytib oʻtdi.
“COVID-19 pandemiyasining eng ogʻir oqibatlaridan biri – bu iqtisodiy barqarorlikdir. Bizning iqtisodiy tizimlarimiz bugungi kunda globallashgan va murakkabdir. Shuning uchun ushbu indeksni siyosatchilarga yanada barqaror iqtisodiyot yaratish borasidagi yutuqlarini kuzatishga yordam berish uchun ishlab chiqdik”, deydi Al-Jasser.
Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov mamlakatlarga iqtisodiy barqarorlikni oshirishga yordam beradigan baʼzi mexanizmlar haqida soʻz yuritdi.
«Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi mahalliy muhim muammolarga sababchi boʻldi, jumladan sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchilik, ishchi kuchi uchun salbiy oqibat hamda lokdaun tufayli iqtisodiy faoliyatni keskin toʻxtatilishi kabilar», - dedi Norqulov.
«Xalqaro hamkorlar, shu jumladan,ITB mamlakkatimizdagi koʻplab oilalarga va tadbirkorlik subyektlariga maqsadli moliyaviy yordam koʻrsatdi, shu bilan birga pandemiyani bizning ishchi kuchimizni oʻzgartirish bilan bogʻliq dasturlarni ragʻbatlantirish imkoniyati sifatida ishlatdi, — deya qoʻshimcha qildi u. — Ammo bu saʼy-harakatlar vaqtinchalik edi va biz hozir iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish uchun yaxshiroq modellarni ishlab chiqmoqdamiz.
Barqarorlik indeksi ITBga aʼzo 57 mamlakatning siyosatchilariga iqtisodiy barqarorlikni oshirish borasida ilgarilab ketayotganlarini kuzatishga yordam beradi.
Ushbu yillik yigʻilishda yigʻilgan rahbarlar, asosan, COVID-19 dan soʻng yuzaga kelgan inqirozlarga asosiy eʼtiborni qaratishdi. Iqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlar, shuningdek, jahon iqtisodiyotining tiklanish surʼati tezlashib borayotgani sababli, mojaroli va turli vaziyatlar taʼsirida boʻlgan mamlakatlarning ortda qolmasligini taʼminlashga qaratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring