Italiyada koronavirus yuqtirgan ikki kishi vafot etdi
Foto: www.google.com
Italiyada koronavirusdan oʻlish bilan bogʻliq ikkita holat qayd etildi. ANSA agentligining xabar qilishicha, Paduya shahridagi kasalxonada 78 yoshli italiyalik, qurilish kompaniyasining sobiq egasi Adriano Trevisan vafot etgan. U Skyavoniya kasalxonasiga ogʻir ahvolda keltirilgan boʻlgan.
Keyinroq mamlakat shimolida joylashgan Lombardiyada yashaydigan ayol vafot etgani maʼlum qilindi.
Bu Yevroittifoq hududidagi mamlakatlardan birining fuqarolari koronavirusdan vafot etgan ilk holatdir. Avvalroq Parijda Xitoy fuqarosi vafot etgandi.
Paduya shahrida esa koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak kasalxonaga yotqizilgan.
Italiyada koronavirusga chalinganlarning aksariyati Lombardiya hududidan – bu yerda 16 kishida koronavirus aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring