Italiyada koronavirus qurbonlari soni 10 mingdan oshdi

08:05 30 Mart 2020 Dunyo
814 0

Foto: РИА Новости

29-mart holatiga koʻra, Italiyada koronavirus tarqalishi oqibatida halok boʻlganlar soni 10 mingdan oshdi.

Rasmiylarning taʼkidlashicha, soʻnggi 24 soat ichida 889 kishi vafot etgan va oʻlim bilan bogʻliq holatlar soni 1,023 taga etdi. Virusni yuqtirib olganlar esa 92,472 kishini tashkil qilmoqda. Agar mamlakatda karantin choralari uzaytirilmasa, vaziyat bundan-da yomonroq boʻlishi mumkin.

“Karantinsiz kasallanganlar yana-da koʻproq boʻlardi. Biz beqaror vaziyatga tushib qolardik”,dedi Fuqaro muhofazasi boshligʻi Anjelo Borelli.

Italiyadagi virus avj olgan hudud Lombardiyada soʻnggi 24 soat ichida 542 ta yangi oʻlim qayd etildi va qurbonlarning umumiy soni 5, 944 kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер