Italiya kompaniyalari Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadi

13:20 16 Mart 2026 Iqtisodiyot
245 0

Italiya poytaxtida Oʻzbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda qurilish, logistika va qishloq xoʻjaligi sohalarining 20 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston elchisi Abat Fayzullayev italiyalik investorlarga mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar, “New Tashkent City” mega-loyihasi hamda Samarqanddagi ixtisoslashtirilgan sanoat zonalari imkoniyatlarini taqdim etdi.

Muzokaralar yakunida qator yoʻnalishlar boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi:

“Confcommercio”, “Confesercenti” va “Confapi Arezzo” assotsiatsiyalari bilan hamkorlik qilinadi;

“Wizard Capital” va “IDM” agentliklari Italiyaning ilgʻor xizmatlarini Oʻzbekiston bozoriga olib kiradi;

“Betonform” va “PV Colour” kompaniyalari bilan qurilish materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish belgilandi;

“M2 Rail” va “Wankelmuth” kompaniyalari bilan temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbir ishtirokchilarining fikricha, bu kabi muloqotlar Italiyaning yuqori texnologiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb etish va ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatishda muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

Yaqin istiqbolda italiyalik ishbilarmonlarning Oʻzbekistonga biznes-missiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер