Italiya deputatlar palatasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokida brifing tashkil etildi
Ayni vaqtda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Oʻzbekiston delegasiyasi tarkibida Italiyaning Rim shahrida rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.
Tashrifdan maqsad – Oʻzbekiston va Yevropa oʻrtasidagi mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlash, Yevropa tomoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va kasaba uyushmalari faoliyatlarini yanada rivojlantirish, huquq ustuvorligi sohalarida oʻzaro tajriba almashish hamda Oʻzbekiston xalqaro imijini mustahkamlash.
Tashrifning birinchi kuni Italiya deputatlar palatasida Oʻzbekiston delegasiyasi ishtirokida brifing tashkil etildi. Tadbirda Italiya tomonidan parlament deputatlari hamda Tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Italiya tomoniga Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, ayollarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardagi rolini oshirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berildi.
Adliya vaziri oʻrinbosari М.Икрамов oʻz maʼruzasida davlatimiz yangi Konstitutsiyasi va “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasiga asosan nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, vijdon erkinligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring