Italiya A seriyasida sensatsion natija

11:50 12 Aprel 2026 Sport
414 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 32-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Milan” jamoasi oʻz maydonida “Udineze” klubini qabul qildi.

Uchrashuv turnir jadvalida 11-oʻrinni egallab turgan jamoaning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 27-daqiqada ochildi. “Milan” futbolchisi Davide Bartesagi oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 37-daqiqada Yurgen Ekkelenkamp hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 71-daqiqasida Artur Atta oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Shu tariqa oʻyin 0:3 hisobi bilan yakunlandi.

Ushbu magʻlubiyatdan soʻng “Milan” klubi turnir jadvalida “Napoli”ni quvib oʻtib, ikkinchi oʻringa koʻtarilish imkoniyatidan ayrildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер