Italiya 4-maydan karantin rejimini yengillashtirmoqchi

12:53 22 Aprel 2020 Dunyo
894 0

Seshanba kuni Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte hukumat karantin rejimini sezilarli darajada yengillashtirish rejasi ustida ish olib borayotganini aytdi. Unga koʻra, cheklov choralari 4-may kuni tugaydi. Bu haqda Italiyaning ANSA axborot agentligiga xabar berdi.

“Umid qilamanki, shu hafta oxirida sizga ushbu reja haqida maʼlumot beraman va dastur tafsilotlarini taqdim etaman”, — dedi Konte oʻzining “Facebook”dagi sahifasida.

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, mamlakat fuqarolarining aksariyati karantindan charchagan va cheklovlar kamayishini yoki hatto olib tashlanishini xohlashadi.

“Buning uchun chakana savdo kompaniyalari va muassasalari imkon qadar tezroq ishlashni boshlashi kerak. Men ham “hammasini birdan ochamiz” degim keladi. Birdan. Ammo bu masʼuliyatsizlik boʻlar edi. Bu virusning yana-da keng tarqalishiga olib keladi. Shunday qilib, bu bizning shu paytgacha qilgan ishlarimizning natijasini bir pul qilishi mumkin”, — dedi Bosh vazir.

Konte shuningdek, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda milliy reja ishlab chiqilishini aytdi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyi boshida rasmiylar mamlakatda karantin joriy etgandi. Cheklov choralari 4-aprelga belgilangan edi, ammo karantin choralari hali ham davom etmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Italiya koronavirus infeksiyasi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turadi. Mamlakatda 181 22 kishi virusni yuqtirgan, shundan 24 144 kishi vafot etgan va 48 877 kishi davolanib chiqqan.

ANSA axborot agentligining xabar berishicha, Italiyada 141 nafar shifokor koronavirusdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер