Istirohat koʻchasining bir qismi yopiladi
Toshkent shahrida yogʻingarchiliklar oqibatida hududlarda suv toʻplanib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va taʻmirlash koʻzda tutilgan.
Shu ishlar doirasida, poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan Istirohat koʻchasining Istirohat 2-tor koʻchasi bilan kesishmasidan (Istirohat chorrahasi) Kichik halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismi 2023-yil 12- sentyabrdan 17-sentyabrgacha qisman yopiladi.
Harakat yoʻlning bir tomonidan har ikki yoʻnalishda amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring