Isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlarini muomalaga kiritilishini oldi olindi

00:00 01 Dekabr 2023 Jamiyat
217 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “J.J.” MCHJ rahbari J.M. qarindoshi M.Sh.ga tegishli noturar binoda yashirin sex tashkil etib, isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yogʻ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 350 litr yogʻ, 13 330 kg chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер