Isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda

15:48 02 Yanvar 2024 Jamiyat
244 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.S.” xususiy korxonasiga qarashli spirtli ichimliklar savdo doʻkonida ishlab chiqarish sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan, qalbaki aksiz markali 6 xil turdagi jami 986 dona alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.S.”MCHJ rahbari B.N. savdo doʻkonida tegishli hujjatlari boʻlmagan qalbaki aksiz markali 8 xil turdagi jami 953 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qamarniso koʻchasidagi “M.L.” MCHJga qarashli spirtli ichimliklar savdo doʻkonida sotuvchi K.M. xaridorga Buxoro viloyatidagi “SH.” AJda ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan 5 xil turdagi jami 782 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер