Istanbulga toʻtiqushlar xavf solmoqda

22:13 12 Oktyabr 2020 Dunyo
1688 0

Halqali (marjonli) toʻtiqushlar Istanbulning deyarli barcha hududlarida katta koloniyalar hosil qila boshlashgan holda qargʻa, olmaxon hamda koʻrshapalaklarning uyalari va yashash joylarini egallab olishmoqda.

Bu haqda istanbullik biologlar bayonotlariga tayanib mahalliy Hurriyet nashri xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, aslida, Janubiy Osiyo va Sharqiy Afrikada yashovchi halqali toʻtiqushlar ilk bora Istanbul bogʻlarida 1996-yilda paydo boʻlishgan. Oʻshanda Istanbulning Beykoz tumanida bir necha yuzlab ushbu qushlarni olib ketayotgan mashina agʻdarilib ketgan. Shundan soʻng toʻtiqushlar uchib ketishgan va shaharga oʻrnashib olishgan.

Maʼlumotlarga koʻra, halqali toʻtiqushlar dastlab Avliyo Sofiya va Yulduz yaqinidagi Gulxona markaziy bogʻlarini egallashgan, ammo soʻnggi paytlarda populyatsiyasi koʻpaygan tropik qushlar Istanbulning boshqa hududlarida ham tarqala boshlashgan.

“Besh yil oldin shaharda miqdori yuzlarni tashkil etgan toʻtiqushlar, hozirda olti mingga yaqin”, - deyayotgan biologlarning hisoblashlaricha, mamlakat boʻylab joylashgan ushbu turdagi qushlar soni allaqachon 10 mingga yaqinlashgan. Ularning asosiy qismi Istanbuldan tashqari, Izmirda ham qoʻnim topishgan.

Qayd etilishicha, qushlarning koʻpayishini Istanbulning juda yumshoq iqlimi (halqali toʻtiqushlar uchun qulay harorat Selsiy shkalasi boʻyicha 15 daraja hisoblanadi) hamda koʻplab oziq-ovqatlar osonlashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер