Istanbuldagi sanoat zonasida kuchli portlash yuz berdi
Foto: ahaber.com
Istanbuldagi sanoat zonasida portlash yuz bergani va qurbonlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.
Istanbuldagi Ikkitelli Esenler sanoat zonasida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, portlash sabablari hozircha nomaʼlum. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa natijasida bir kishi halok boʻlgan, ikki kishi turli ogʻirlikdagi jarohatlar olgan.
Qayd etilishicha, sanoat zonasida huquq-tartibot idoralari ish olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring