Istanbulda portlash yuz berdi

22:59 21 Aprel 2022 Dunyo
1571 0

Arxiv surat

Turkiyaning Istanbul shahridagi Yoshlar jamgʻarmasi binosi oldida qoʻlbola bomba portlatildi. Bu haqda Istanbul gubernatori saytida xabar berildi.

Hodisa Gaziosmanposha tumanidagi Chingiz Topel koʻchasida sodir boʻlgan. Turkiya xavfsizlik xizmati xodimlari jamgʻarma binosining oynalari singani va fasadi zararlanganini maʼlum qilgan. Jabrlanganlar va halok boʻlganlar haqida maʼlumotlar yoʻq. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyini koʻzdan kechirish chogʻida portlovchi moslamaning boʻlaklari topgan.

18-aprel kuni Istanbuldagi turar-joy binolaridan birining yer osti kabel inshootlarida portlash sodir boʻlgan edi. Natijada voqea joyida tutun chiqqan va aholi binodan evakuatsiya qilingan. Portlash qurbonlari va uning sabablari haqida maʼlumotlar berilmadi.

Turkiya Iroq shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) jangarilariga qarshi maxsus operatsiya boshlagan edi. Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akarning soʻzlariga koʻra, harbiy samolyotlar KIP boshpanalari, bunkerlari, tunnellari, gʻorlari va omborlariga muvaffaqiyatli hujum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер