“Istanbul Bashakshehir“ mehmonda gʻalaba qozondi
Bugun, 26-oktyabr kuni Turkiya Superligasining 10-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshehir“ jamoasi “Antalyaspor“ mehmoni boʻldi.
Uchrashuvda 4:0 hisobi bilan Istanbul klubi gʻalabaga erishdi. Gollarga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov (2 ta) va Nuno Da Kosta (2 ta) mualliflik qildi.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali Eldor Shomurodovni oʻyin qahramoni deb topdi. Futbolchining harakatlari portal tomonidan 8,7 ballga baholandi. Taʼkidlash kerakki, Shomurodov soʻnggi bor 2022-yilning 11-iyun sanasida “Sofascore” tomonidan 8,5 balldan yuqoriroqqa, aniqrogʻi, 10 ballga baholangan edi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Abbosbek Fayzullayev esa bugungi oʻyinni jarohati tufayli oʻtkazib yubordi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir“ keyingi oʻyinini 31-oktyabr kuni “Kosayelispor“ jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring