Issiqlik va oziq-ovqat taʼminotida muammolarga duch kelayotgan oilalarga koʻmaklashilmoqda

11:00 19 Yanvar 2023 Jamiyat
868 0

Foto: Xalq so‘zi

Ijtimoiy koʻmakka muhtojlar holidan xabar olish, ularga saxovat koʻrsatish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda bunday ezgu fazilatlarimiz yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Anomal sovuq sabab Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan kam taʼminlangan oilalar, yolgʻiz yashaydigan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda issiq kiyim-boshlar tarqatish chora-tadbirlari izchil davom ettirilyapti. Hozirga qadar viloyatda mingdan ziyod ehtiyojmand xonadonlarga ana shunday muruvvat yordamlari kirib bordi. Taʼkidlash oʻrinliki, bu ishlarda viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, siyosiy partiyalar qatorida tadbirkorlik subyektlari ham namuna koʻrsatayotir.

Xususan, Urgut tumani tadbirkorlari tomonidan viloyat navbatchilik shtabiga 350 million soʻm pul mablagʻi hamda 20 ming juft issiq paypoq, tuman shtabiga esa bir tonna oʻsimlik yogʻi, 10 ming juft issiq paypoq, 10 tonna koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berildi. Shuningdek, ularning saʼy-harakati bilan tumandagi 1-umumtaʼlim maktabi, Quyi Guzar, Chorraha, Goʻzni mahallalaridagi oʻnlab kam taʼminlangan aholi xonadonlari qish mavsumidan betalofat chiqishi uchun zarur miqdorda koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlandi.

Qish-qirovli kunlarda issiqlik hamda oziq-ovqat taʼminotida muammolarga duch kelayotgan oilalarga koʻmaklashish ishlari viloyatning har bir shahar va qishloqlarida tizimli olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер