“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yil yakunlarini sarhisob qildi

18:35 27 Mart 2025 Jamiyat
281 0

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish borasida yuqori natijalarga erishdi. Jamiyat tomonidan yil davomida 32 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, rejadan 3 mlrd kVt.soatga koʻproq natija qayd etildi.

Investitsiya dasturi doirasida 646,14 mln AQSH dollari oʻzlashtirilib, belgilangan reja 104,73% ga bajarildi. Zamonaviy va energotejamkor qurilmalarni joriy etish doirasida Tolimarjon IESda 1065 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz qurilmasi qurilishi yakuniy bosqichga kirdi. Shuningdek, Toshkent IEMda 64 MVt quvvatga ega gaz-turbina qurilmalari foydalanishga topshirildi, Navoiy IESda 650 MVt li 3-sonli bugʻ-gaz qurilmasi qurilishi boshlandi.

Jamiyat poytaxt aholisini issiqlik energiyasi bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Olmazor va Sergeli tumanlarida zamonaviy kogeneratsiya qurilmalarini barpo etdi. Bu loyihalar issiqlik tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni 90% ga kamaytirish va 8 mln kVt.soat elektr energiyasini qoʻshimcha ishlab chiqarish imkonini beradi.

Qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 53 ta energoqurilma taʼmirlandi, bu esa 291 MVt elektr quvvati va 235 t/soat issiqlik quvvatini oshirishga xizmat qildi.

Jamiyat korporativ boshqaruvni rivojlantirishda ham yuqori natijalarga erishdi. Xalqaro ISO 27001, ISO 37001, ISO 44001, ISO 50001, ISO 45001 va ISO 14001 sertifikatlari qoʻlga kiritildi. Shuningdek, Fitch Rating tomonidan “BB- Barqaror” xalqaro indikativ reytingi saqlab qolindi.

Jamiyat xodimlari malakasini oshirishga katta eʼtibor qaratildi, yil davomida 5068 nafar xodim malaka oshirdi, 88 nafar mutaxassis esa xorijiy davlatlarda oʻquv seminarlarida qatnashdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ISO 37001 standarti joriy etildi va jamiyat “E-Anticor.uz” platformasida 84 ball olib, “yashil” reytingga sazovor boʻldi.

Jamiyat 2024-yilda qoʻlga kiritgan ushbu muvaffaqiyatlar 2025-yilda elektr energetika sohasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер