Isroilning Livanga bergan zarbalari qurbonlari soni 1,1 ming nafarga yaqinlashdi
Isroilning Livanga bergan zarbalari natijasida halok boʻlganlar soni 1 094 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda TASS mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib.
— Bir sutka davomida Isroil HHKning Livan janubiy va sharqiy tumanlariga bergan zarbalari oqibatida kamida 22 kishi halok boʻldi, yana 153 kishi jarohatlandi. Harbiy eskalatsiya boshlanganidan buyon halok boʻlgan fuqarolarning umumiy soni 1 094 nafarga, yaralanganlar esa 3 119 nafarga yetdi. 2-martdan 24-martgacha boʻlgan davrda Isroil hujumlari qurbonlari orasida 120 nafar bola va 81 nafar ayol bor, — deyiladi xabarda.
Harbiy harakatlar ketayotgan hududlardan 1 049 328 kishi koʻchib ketgan, ular asosan Bayrut shahrida jamlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring