Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 21 kishi halok boʻldi

11:42 02 Aprel 2025 Dunyo
264 0

Foto: AP

Chorshanba kuni erta tongda Gʻazoning markaziy va janubiy hududlariga Isroil havo hujumlari oqibatida yana 20 nafardan ortiq odam halok boʻlgan. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

“21 kishi chorshanba kuni ertalab Gʻazo sektorining markaziy va janubiy hududlarini Isroil tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida qurbon boʻldi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Manbaga koʻra, zarbalar Xon Yunis va Rafah shaharlaridagi turar-joy binolari va qochqinlar chodirlariga berilgan.

“Times of Israel” gazetasining Isroil mudofaa vaziri Israel Kasga tayanib yozishicha, Gʻazo sektorida operatsiyalari kengaytirilgan va yangi bosib olingan hududlar bufer zonaning bir qismiga aylanadi.

Shu yilning 18-martga oʻtar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoriga zarbalarni qayta boshladi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu hujumlar HAMAS AQSHning sulhni uzaytirish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasini qabul qilishdan bosh tortgani sabab boshlanganini aytdi.

HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi Izzat al-Rishk esa Netanyahuning urushga qaytish qarori Gʻazo sektoridagi isroillik garovga olinganlarga oʻlim jazosi berilishini anglatishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер