Isroillik rassomning “Quddus — Buxoro” ko‘rgazmasi

18:59 04 May 2018 Jamiyat
1627 0
Foto: mahallakengashi.uz

Buxoro san’at muzeyida isroillik mohir rassom Anatoliy Shelestning “Quddus — Buxoro” deb nomlangan ko‘rgazmasi ochildi.

Bu musavvir o‘ziga xos uslubi bilan ma’lum va mashhurdir. Uning yahudiy xalqi tarixi, diniy rivoyatlari asosida yaratgan asarlari o‘zida umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etganligi bilan san’at ixlosmandlari e’tiborini o‘ziga tortadi. Xususan, Tori bitiklari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turkum kartinalar kishini hayot, umr haqida o‘ylashga undaydi, ezgulikka da’vat qiladi.

O‘zbekiston — Isroil davlatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning mustahkamlanayotganidan darak beruvchi mazkur ko‘rgazma qadimiy shaharga tashrif buyurayotgan sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Istam IBROHIMOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер