Исроилдаги Ўзбекистон фуқороларидан эҳтиёт чораларини кўриш сўралди

09:49 29 Iyun 2024 Jamiyat
681 0

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qildi.

Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati sabab quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishni soʻragan:

  • Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning;
  • Isroil rasmiylari va Oʻzbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligi (Home Front Command)dan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻting;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
  • Imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklaning.

Shuningdek, yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi aloqalar orqali murojaat qilish tafsiya etilgan:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер