Isroilda karantin cheklovlari sabab norozilik namoyishlari boshlandi
Koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida yangi cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan Quddusda tartibsizliklar boshlandi.
Shahar koʻchalarida yuzlab erkaklar yigʻilib, diniy maktablarning yopilishiga qarshi chiqishdi. Ular yoʻlni toʻsib qoʻyishgan. Yongʻin sodir boʻlganligi jamoat va xususiy mulkka zarar yetkazilganligi haqida xabarlar mavjud. Koʻchalarda tartibni tiklash uchun politsiya suv purkagichlardan foydalangan. Tartibsizlik ishtirokchilarini hibsga olish boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring