Isroil Suriya poytaxti Damashqqa hujum uyushtirdi

12:27 25 Oktyabr 2024 Dunyo
331 0

Foto: Reuters

Suriya mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, payshanba kuni Isroil armiyasi Damashq markazidagi Kafr-Susa mahallasi va Homs qishlogʻidagi harbiy obyektni nishonga olishi oqibatida bir askar halok boʻlgan va yana 7 kishi yaralangan.

Suriya matbuoti Damashqda Isroilning Kafr-Susada turar-joy binosiga zarba berilganidan keyin portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqatdi.

Isroil odatda Suriyadagi zarbalar haqida izoh bermagani uchun oxirgi zarba boʻyicha ham hech qanday bayonot bermadi. Hujum AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilning Gʻazoga qarshi urushini toʻxtatish uchun mintaqaga safari paytida sodir boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер