Isroil armiyasi “Hizbulloh”ga qarshi nuqtali quruqlikdagi operatsiya boshlanganini eʼlon qildi
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livan janubidagi “Hizbulloh” harakatining asosiy obyektlariga qarshi cheklangan quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Bu haqda “Interfaks” SAXAL press-reliziga tayanib xabar bermoqda.
“Soʻnggi bir necha kun ichida SAXALning 91-diviziyasi qoʻshinlari Livan janubidagi “Hizbulloh”ning muhim tayanch punktlariga qarshi mudofaaning oldingi chizigʻini mustahkamlashga qaratilgan cheklangan va nuqtali quruqlikdagi operatsiyani boshladi”, — deyiladi xabarda.
SAXAL vakillarining taʼkidlashicha, ushbu faoliyat oldingi mudofaa chizigʻini yaratish va mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli mudofaa harakatlarining bir qismidir. Bu “terrorchilik infratuzilmasini demontaj qilish hamda hududda harakat qilayotgan terrorchilarni yoʻq qilish orqali tahdidlarni bartaraf etish va Isroil shimoli aholisi uchun qoʻshimcha xavfsizlik darajasini yaratish”ni oʻz ichiga oladi.
Taʼkidlanishicha, Isroil armiyasi bu bilan mamlakat shimolidagi aholi punktlari xavfsizligini taʼminlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring