Ispaniya “Kinder” shokoladidan salmonellyozning birinchi holati haqida xabar berdi
Foto: Global Look Press
“Kinder“ brendi mahsulotlari bilan bogʻliq boʻlgan Salmonella infeksiyasining birinchi holati Ispaniyada aniqlangan. Bu haqda ”El Mundo” xabar bermoqda.
Yevropa kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) Ispaniyada “Kinder” shokoladini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan salmonellyozning birinchi holati haqida xabar berdi. Mahalliy sogʻliqni saqlash organlari bakteriyaning yana ikkita ehtimoliy holatini ham tekshirmoqda.
ECDC soʻnggi byulletenidagi maʼlumotlarga koʻra, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarda salmonella infeksiyasining 85 ta shunga oʻxshash holatlari allaqachon tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, taxminan ikki hafta oldin Ispaniyaning oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanishi agentligi salmonellyoz avj olgani haqidagi xabardan soʻng Kinder mahsulotlarining ayrim partiyalarini qaytarib olish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Oldinroq, Braziliya “Kinder” brendi ostidagi mahsulotlar eksportini taqiqlagani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring