Islandiyanind eng yosh prezidenti ikkinchi muddatga saylandi
Foto: РИА Новости
Islandiyaning amaldagi prezidenti Gudni Yoxannesson 27-iyun, shanba kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi saylovlarda gʻolib chiqdi. Bu haqda Iceland Monitor mahalliy nashri xabar qilgan.
Nashr bergan maʼlumotlarga koʻra, Yoxannesson 92,2 foiz ovoz yigʻgan, uning raqibi Gyurmundur Franklin Yonsson esa 7,8 foiz ovoz toʻplagan. Avval mamlakatda oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnomalarda Yoxannessonning nomzodini 93,5 foiz saylovchilar qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi maʼlum boʻlgandi.
Yoxannesson 1968-yil 26-iyunda Reykyavikda tugʻilgan. U 2016-yilda 1944-yil mamlakat mustaqil boʻlganidan buyon davlat rahbari sifatida saylangan eng yosh prezidentga aylangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring