Isitmasi bor abituriyentlar testga kiritilmaydi. Ulardan qachon imtihon olinadi?

20:27 25 Iyun 2020 Jamiyat
1682 0

Bugun AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida test sinovlari jarayonida abituriyentlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida hududga kiritishda tana harorati 37 darajadan yuqoriligi aniqlangan abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi hamda Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi masʼul xodimlari va Davlat test markazi vakili ishtirokida dalolatnoma tuzib, tibbiy tekshiruv oʻtkaziladi.

Mazkur tartib Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan belgilanmoqda.

«Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligining tibbiy tekshiruvidan oʻtkazilgan va koronavirus kasalligi aniqlanmagan abituriyentlar uchun respublika boʻyicha test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng toʻrtinchi kuni test sinovlari oʻtkaziladi.

SES taqdim etgan xulosa asosida test sinovlariga tana harorati yuqoriligi sababli kiritilmagan abituriyentlar DTM tomonidan test sinovi oʻtkazilishidan kamida bir kun oldin (shaxsiy kabinetiga hamda telefoniga xabar yuborish orqali) ogohlantiriladi.

Test sinovlari yakunlangandan 4 kun oʻtgach oʻtkaziladigan imtihonlarda ham abituriyentda tana haroratining yuqoriligi aniqlansa, u imtihonda ishtirok eta olmaydi», deyiladi brifing axborotnomasida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер