Ishsiz yoshlar bugun ish beruvchiga aylandi

11:09 24 Iyul 2024 Jamiyat
252 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadiga qaratilgan saʼy-harakatlar oʻz samarasini bermoqda. Buning natijasida koʻplab yoshlar doimiy daromad manbaiga ega boʻlmoqda. Oʻzlari endi ish beruvchiga aylanmoqda.

— Mebelsozlik boʻyicha hunarim bor. Mablagʻim yoʻqligi uchun ish boshlolmay yurgandim, — deydi Oltinkoʻl tumanida yashovchi Botirjon Abdullayev. — Mahalla faollari amaliy yordam koʻrsatib, kredit mablagʻi olishimga koʻmaklashdi. Natijada 100 mln soʻm mablagʻ bilan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydim. Buning uchun oʻzim tengi yoshlarni ishga jalb etdim. Hozirda bir oyda 15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga erishmoqdamiz. Mebellarni ichki bozordan tashqari Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalariga ham eksport qilyapmiz.

Bugun Andijon viloyatida 11 ming 128 nafar yoshlar mehnat bozoriga ilk bor kirib kelmoqda. Ayni paytgacha ularning 87 foizining bandligi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер