Ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanadi

10:34 16 Aprel 2020 Jamiyat
1029 0

“Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Oʻzbekiston Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Muhim ijtimoiy xarajatlarning toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash, muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga koʻchirish kabilar shular jumlasidan.

Byudjet tushumlari birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:

- koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarga, jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni jihozlashga; 

- ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashga;

- oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal toʻlovlar va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni qoplashga;

- Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер