Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch boʻlgan tadbirkorlikning rivojlanishi yoʻlidagi barcha toʻsiq va gʻovlarni olib tashlashimiz zarur — Shavkat Mirziyoyev

12:34 20 Iyun 2022 Siyosat
517 0

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etyapti.

“Taraqqiyotning koʻp asrlik tajribasi shuni koʻrsatadiki, xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz kuchli ijtimoiy davlatni qurib boʻlmaydi. 

Shu bois, Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini taʼminlash uchun zarur boʻlgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Toki, katta-kichikligidan qatʼiy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilsin.

Rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib oʻrnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, oʻzining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin. 

Shu bilan birga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilashning vaqti-soati keldi, deb oʻylayman.

Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch boʻlgan tadbirkorlikning rivojlanishi yoʻlidagi barcha toʻsiq va gʻovlarni olib tashlashimiz zarur" dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер