Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti AQSHlik uch nafar olimga berildi
Arxiv surat
Iqtisodiyot boʻyicha 2021-yilgi Nobel mukofoti gʻoliblari maʼlum boʻldi.

Tanlov hayʼati xulosasiga koʻra, AQSHlik iqtisodchilar Devid Kard (Kaliforniya universiteti, AQSH) “Mehnat iqtisodiyotini oʻrganishga empirik hissa qoʻshganligi”, Joshua Engrist (Massachusets texnologiya instituti, AQSH) va Guido Imbens (Stenford universiteti, AQSH)lar “Sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishga metodologik hissa qoʻshganliklari” uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Bungacha Nobel mukofotining boshqa yoʻnalishlari gʻoliblari aniqlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring