“Investorlarga koʻmak markazi” tashkil qilinadi

10:30 19 Oktyabr 2022 Jamiyat
1161 0

Illustrativ foto

“Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (606-son, 15.10.2022-y.) qabul qilindi

Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023-2026-yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnoparklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-oʻqituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish;

texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish;

tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish;

yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari oʻtkazish.

Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida Ilgʻor loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Investorlarga koʻmak markazi” tashkil etiladi.

Markaz innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida koʻmaklashib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер