Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi
Joriy yilning 25-mart kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi majlisida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi.
Unda senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari aʼzolari, vazirliklar va idoralar vakillari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Qoʻmita aʼzolari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hisobot davri davomida investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va tashqi savdoni kengaytirish borasida amalga oshirgan ishlarini muhokama qildi.
Oʻtgan yilda mamlakat iqtisodiyotida 43,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, belgilangan reja 103 foizga bajarilgani hamda 2024-yilga nisbatan 1,2 barobar oʻsish taʼminlangani qayd etildi. Investitsiyaviy salohiyati yuqori hamkor davlatlar sifatida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, 2026-yilda xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishni hajmini 50 mlrd dollargacha oshirish va 2,3 mingga yaqin yangi loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Soʻzga chiqqanlar tarmoqlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlariga erishilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Qurilish, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari, togʻ-kon va kimyo sanoati, raqamli texnologiyalar shular jumlasidandir.
Majlisda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 26-dekabrida Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiy sektor ulushini kengaytirish, sanoat tarmoqlarini chuqur qayta ishlashni kengaytirish, mahalliylashtirishni kuchaytirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda eksportni diversifikatsiya qilish zarurligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, senatorlar investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini yanada oshirish, sanoatni diversifikatsiya qilish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Muhokama yakuni boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring