Internat uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovgʻalari topshirildi

12:56 31 Dekabr 2020 Jamiyat
1445 0

Fargʻona shahrida joylashgan “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyida Yangi yil shodiyonasi tadbirlari unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov tashrif buyurib, internat uyining 250 nafardan ziyod tarbiyalanuvchilariga Prezidentimizning Yangi yil sovgʻalarini topshirdi.

— Koronavirus pandemiyasi qiyinchiliklariga qaramay, aziz bolajonlar, bu yerda taʼlim-tarbiya berayotgan ustozlar va tibbiyot sohasi fidoyilari hamisha davlatimizning yuksak eʼtiborida, — dedi viloyat rahbari. — Bunday eʼtibor va ragʻbat esa bu boradagi doimiy gʻamxoʻrlikning amaldagi yana bir tasdigʻidir.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер