Intellektual mulk obyekti patentining muddatini uzaytirish mumkinmi?
Intellektual mulk obyekti patent muddati tugagan taqdirda uni uzaytirish mumkinmi? Ushbu savolga Intellektual mulk agentligi axborot xizmati rahbari Feruz Joʻrayev javob berdi.
"Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Agentlik tomonidan tegishincha besh yilga hamda uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Agentlikka patentning amal qilishi tugagunga qadar soʻnggi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qoʻshimcha patent bojini toʻlash sharti bilan beriladi", dedi Joʻrayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring