Instagram‘da «mute» tugmachasi joriy qilindi

12:14 23 May 2018 Jamiyat
1364 0
Foto: The Verge

Foto va videolar joylashtirishga ixtisoslashtirilgan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida «mute» (e’tiborsiz qoldirish) tugmachasi paydo bo‘ldi. Bu haqda The Verge nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tugmacha orqali foydalanuvchi obuna bo‘lgan profil postlari va tarixini o‘zi uchun ko‘rinmaydigan qilib qo‘yish imkonini beradi.

Yangi funksiyani ishga tushirish uchun foydalanuvchi suratining o‘ng yuqori burchagida turgan uch nuqta (…) belgisiga yoki uning profiliga bosish darkor. «Mute»  rejimini o‘chirib qo‘yish ham xuddi shu kabi profil orqali amalga oshiriladi.

Berkitib qo‘yilgan akkauntga bu borada ogohlantirish bormaydi.

Agarda foydalanuvchi suratda yoki izohda qayd etilgan bo‘lsa, «Mute»  rejimi tanlanganidanidan keyin ham unga xabar borib turadi, shuningdek, ushbu suratni ko‘rishi ham mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, tarmoq bu funksiyani aprel oyidan buyon sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Birinchi bo‘lib amerikalik talaba qiz o‘z ilovasida bu o‘zgarishlarni payqagan. Shuningdek u endilikda postlarga faqatgina «layk» tugmachasi emas, balki turli smaylklar orqali munosabat bildirish imkoniyati ham berilganini ham payqagan. Ayni vaqtda bunday funksiya feysbuk tarmog‘ida ishlatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер