Insonparvarlikning yana bir namunasi
Toshkent viloyati yangiyul tumani IIB probatsiya guruhi jinoyat ishlari boʻyicha yangiyul tumani sudi bilan Yangiyul tumani Niyozbosh qishloq fuqarolar yigʻini gulbogʻ mahallasi 16-umumtaʼlim maktabida sayyor sud oʻtkazdi.
Sayyor sudda jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyul tumani sudining raisi B. Tashpoʻlatov Yangiyul tumani prokurori yordamchisi Yu. Abdullayeva Yangiyul tumani probatsiya guruhi xodimlari va fuqarolar ishtirok etishdi. Sayyor sudda Yangiyul tumani probatsiya guruhi hisobida turgan 3 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan muddatidan ilgari shartli ozod qilish boʻyicha sudga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 2 nafar probatsiya guruhi hisobida turgan ahloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan boʻyin tovlab yurgan nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan jazosini ogʻirroq jazo turiga almashtirish boʻyicha taqdimnomalar kiritilib sud tomonidan ularning jazolari ozodlikdan cheklash jazosiga almashtirildi.
Dildora Fayzullayeva
Yangiyul tumani IIB probatsiya guruhi katta inspektori kapitan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring